Texnikumda o‘qish bepul

Date:

Prezidentning PQ–316-son qaroriga ko‘ra, 2030-yilgacha 9-sinf bitiruvchilarining texnikumlarga qamrovi 29 foizdan 50 foizga, dual ta’lim ulushi esa 9 foizdan 40 foizga oshiriladi.

2026-yildan bolalar bog‘chasidan boshlab kasb tanlashga yo‘naltirish tizimi joriy etiladi: 5 yoshdan “Atrofimizdagi kasblar”, 1–9-sinflarda esa “Kasblar alifbosi”, “Kasblar olami” va “Mening kelajakdagi kasbim” fanlari o‘qitiladi.

9-sinf bitiruvchilari texnikumlarda to‘liq davlat hisobidan, 11-sinf bitiruvchilari esa to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi. Dual ta’limdagi o‘quvchilarga har oy BHM miqdorida stipendiya to‘lanadi, bu davr mehnat stajiga qo‘shiladi.

Eng yaxshi usta va o‘qituvchilar xorijda malaka oshiradi, “Kasbiy mahorat milliy tanlovi” o‘tkaziladi hamda yuqori reytingli texnikumlar BHMning 3000 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.

Texnikumlarni tugatish yoki xususiylashtirishga 2030-yilgacha moratoriy e’lon qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun