Aholi zilzilaga tayyormi?

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2023-yil 16-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha-chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-158-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bosh vazirining 2024-yil 1-noyabrdagi 182-son bayoniga muvofiq har yili ikki marotaba (may-oktyabr oylarida) respublikamizning barcha hududlarida “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” o‘tkazilishi belgilangan.

Zilzila – yer osti silkinishlari natijasida yer yuzasida paydo bo‘ladigan tebranma harakatdir. Zilzila yerning chuqur tubidagi tog‘ jinslarning siljishi natijasida yuzaga keladi. Bunday siljishlar zilzila o‘choqlarida sodir bo‘ladi.

 Zilzila o‘chog‘i– Yer silkinishlarining paydo bo‘lgan joyi Giposentr-zilzilaning  markazi hisoblanadi.  Zilzila Episentri-zilzila markazining yer ustidagi proyeksiyasi hisoblanadi.

Aholiga zilzilagacha, zilzila vaqtida va zilziladan keyingi to‘g‘ri harakat qilish qoidalari o‘rgatib boriladi.

  Zilzilagacha:

•  Xavfsiz joylarni aniqlang:

Sizni asrab qolishi mumkin bo‘lgan joylar: vannaxona, xonalarning ichki burchaklari, eshik kesakisi, mustahkam stol osti, kreslo, divan yoki krovat yoni.

•  Xavfli joylarni anilang: binoning tashqi devori, deraza oynalari, shiftdan ogir qandil, chiroq yoki boshqa narsalar tushishi o‘t chiqishi mumkin bo‘lgan joylar, zinapoyalar va lift. 

Zilzila sodir bo‘lganida:

 Deraza oynalari, tashqi devorlar va tushish ehtimoli yuqori bo‘lgan  predmetlardan muhofazalanish uchun qulay joy toping. Zilzila sodir bo‘lganida emaklagan holda harakatlaning va o‘zingizga panagoh toping. Bu yerni zilzila tugamaguniga qadar tark etmang. Unutmang zinalar va lift eng xavfli joy!

 Zilziladan so‘ng:

•  Yon atrofingizdagi vaziyatni baholab, avval o‘zingizga va jarohat olganlarga yordam bering.

•  Shikastlangan binolardan uzoqroq turing, o‘pirilishlar behosdan yuz berishi mumkin. Singan oyna, gaz chiqishi va elektr simlaridan ehtiyot bo‘ling.

   Doimiy ravishda zilzila nima, uning yuzaga kelish sabablari  hamda zilzilada  to‘g‘ri harakat qilish qoidalarini o‘rganish va tayyorgarlikni oshirish maqsadida, Milliy platformadan foydalanilgan holda tayyorgarlik o‘tkazib boriladi.

L.DJAMILOVA

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi HFX o‘quv markazi o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shinjon delegatsiyasi TerDUda

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va...

Talabalar insho yozdi

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Termiz...

Kitoblar jamlanmalari topshirildi

Bugun Termiz davlat pedagogika institutida Termiz tumani hokimligi bilan...

“Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!”

Til — millat ma’naviyatining mezoni, uning tarixiy xotirasi va...
KunTun
KunTun