“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Date:

Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim” loyihasining 1-bosqichiga start beriladi. Qayd etilishicha, 1-bosqich doirasida 1-, 2- va 4-toifaga kiritilgan 112 ta tumandagi 4 987 ta maktab ishtirok etadi. Bunda 22–31-oktyabr kunlari — loyihalarni shakllantirish, 1–10-noyabr kunlari — loyihalarni saralash va 11–20-noyabr kunlari — ovoz berish bosqichlari oʻtkaziladi.

“Mening maktabim” loyihasida 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan har bir oʻquvchi oʻzi taʼlim olayotgan umumtaʼlim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishi mumkin.

Maʼlumot uchun: 3 va 5-toifaga kiritilgan tuman (shahar)lar joriy yilning dekabr–2026-yil yanvar oylarida “Mening maktabim” loyihasining 2-bosqichida ishtirok etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonda

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati,...

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...
KunTun
KunTun