Tuhfasi kitob

Date:

Bandixon tumani, “Birdamlik” mahallasida joylashgan kutubxonaga “Ziyoli kelajak” loyihasi doirasida 80 dan ortiq badiiy kitoblar to‘plami topshirildi. Ushbu ezgu tashabbus “Yuksalish” harakati viloyat bo‘linmasi va tadbirkor “Omad” fermer xo‘jaligi rahbari Botir Rajabov hamkorligida amalga oshirildi.

“Kitob — bilim manbayi”, deya bekorga aytilmagan. Zero, inson tafakkuri va tarbiyasining shakllanishida kitobning o‘rni beqiyosdir. Yoshlar badiiy adabiyotlar orqali dunyoqarashini kengaytiradi, hayotga bo‘lgan qarashi o‘zgaradi.

Bu tashabbus nafaqat mahalliy kutubxona fondini boyitdi, balki yosh avlodni ma’rifatga chorlash, ularni kitobga do‘st qilish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun