Muammolar joyida hal

Date:

Tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida Surxondaryo viloyatida muntazam ravishda onlayn qabullar o‘tkazilmoqda. Bu galgi videokonferensaloqa shaklidagi tadbir viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida, Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. Unda viloyat, shahar va tuman darajasidagi mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.

Hududiy studiyalar orqali tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan 50 dan ortiq murojaat tinglanib, ularning 11 tasi qabul davomida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar esa tegishli rahbarlarga topshirilib, qat’iy nazoratga olindi.

Viloyat rahbari har bir murojaatni alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqish, ularni tizimli tarzda hal qilish va tadbirkorlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, u yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Mazkur qabullar tadbirkorlarning amaliy muammolarini hal etish, ular uchun qulay biznes muhitini yaratishda samarali platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun