Yoshlarning “Yashil tashabbuslari” qoʻllab-quvvatlanadi

Date:

2025-yil 8-oktyabrda qabul qilingan hukumat qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda Yoshlar ishlari agentligi huzurida “Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tashkil etildi.

Bu jamg‘arma yoshlarni atrof-muhitni muhofaza qilishga, ekologik toza texnologiyalar va yashil energiyadan foydalanishga ko‘maklashish, chiqindilarni qayta ishlash va daraxt ekish kabi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yashil tashabbuslar yoshlarimizda tabiatga muhabbat uyg‘otadi va mamlakatimizda ekologik barqarorlikni mustahkamlashda faol ishtirokini ta’minlaydi. Bu orqali yoshlarning ijodiy g‘oyalari amaliy qo‘llab-quvvatlanib, barqaror kelajakka yana bir yirik qadam qo‘yiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun