Til o‘rganish yanada qulay

Date:

2025-yil 8-oktyabrda qabul qilingan yangi qarorga ko‘ra, yoshlar uchun xorijiy tillarni o‘rganish jarayonini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “2+6” dasturi joriy etildi.

Bu dasturga muvofiq, yoshlar dastlab 2 oy o‘qish uchun to‘lovni o‘z hisobidan to‘laydi, so‘nggi 6 oyda esa davlat tomonidan to‘lovlar qoplanadi.

Subsidiyalar miqdori hududga qarab farq qiladi: viloyat markazlarida va Qoraqalpog‘istonda — BHMning 1,5 baravarigacha, tuman va shaharlar uchun esa — 1 baravarigacha moliyalashtiriladi.

2025–2026-yillarda 20 ming nafar yosh xorijiy til o‘quv markazlarida ushbu imtiyozdan foydalanadi, va bu raqam har yili oshishi rejalashtirilgan.

Muhimi, faqat elektron platformaga ro‘yxatdan o‘tgan va o‘quvchilarning qatnashuvi onlayn nazorat qilinadigan markazlar dasturda qatnashishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun