Ishlar jadal tus oldi

Date:

Surxondaryo viloyatida 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz energiya bilan ta’minlash maqsadida manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda soha va tarmoqlar faoliyati o‘rganilib, bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar aniqlab olindi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mas’ullar bilan birgalikda Termiz shahridagi bir qator energetika obyektlari faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Jumladan, 110/10-6 kV quvvatli “Sharq” hamda 35/6 kV’li “Chegara” podstansiyalari, yirik bosimli tabiiy gaz taqsimlash inshootlari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo filiali isitish tizimi holati o‘rganildi.

Tadbir davomida energiya tarmoqlarini mavsumga tayyorlash jarayonlari, ularning barqaror ishlashi va quvvatlarning shayligi yuzasidan mas’ullar hisobot berdi. Shuningdek, elektr va gaz ta’minoti obyektlarida uzluksizlikni ta’minlash, avariya holatlarining oldini olish, zarur ehtiyot qismlar va uskunalar zaxirasini kengaytirish, qozonxonalarni ishga tushirishga tayyor holatga keltirish bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun