Imkoniyat va saboq

Date:

Bugungi globallashuv davrida xorijiy ta’lim va amaliy tajriba yoshlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida Germaniyada o‘qish va ishlash imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarni xalqaro dasturlar, xususan, Work and Travel Germaniya tajribasi bilan yaqindan tanishtirish, ularni tashabbuskorlikka va yangi imkoniyatlardan foydalanishga undashdan iborat bo‘ldi.
Seminarda Germaniyada faoliyat yuritayotgan TerDU o‘qituvchisi Islomov Sanjar hamda dastur ishtirokchilari — talabalar Fotima Omonova va Behruz Jumayev onlayn tarzda qatnashib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ular Germaniyada ishlash va yashash jarayoni, dasturga qatnashish tartibi, til va madaniy muhitga moslashish, shuningdek, yangi do‘stlar orttirish imkoniyatlari haqida so‘zlab berdilar.
Ishtirokchilarning ta’kidlashicha, bu dastur nafaqat mehnat va til amaliyotini oshirish, balki o‘zini sinovdan o‘tkazish, mustaqil qaror qabul qilish va turli madaniyat vakillari bilan muloqot o‘rnatish imkonini ham beradi. Germaniyada orttirilgan bu tajriba talabalar hayotida muhim burilish yasab, ularning kelajakdagi faoliyatida ishonch va qat’iyatni mustahkamlaydi.
Mazkur seminar xorijda o‘qish yoki ishlashni rejalashtirayotgan talabalar uchun nafaqat foydali ma’lumot manbai, balki ularga kuchli motivatsiya bag‘ishlagan tadbir bo‘ldi. Shunday uchrashuvlar yoshlarni xalqaro tajribaga ochiqlikka, tashabbuskorlikka va o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga undaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun