Aholi  farovonligi yo‘lida

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Qorayantoq” mahallasida joylashgan 66-maktabda bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun yaratilayotgan qulay va to‘siqsiz muhit bilan tanishdi.

Maktabda inklyuziv ta’limni rivojlantirish borasida ijobiy tajribalar shakllanmoqda. Xususan, ko‘zi ojizlar uchun piyodalar yo‘laklariga sariq rangli chiziqlar tortilgan, binoning birinchi qavati — oshxona, eshiklar, hojatxona va yo‘laklar maxsus moslashtirilgan. Bu o‘zgartirishlar barcha o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

Ta’lim muassasasi ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, hozirda maktabda 4 nafar o‘quvchi inklyuziv sinfda tahsil olmoqda. Ular orasida 9-sinf o‘quvchisi Feruza ham bor. U nogironligi tufayli jismoniy harakatlarda cheklovga ega bo‘lsa-da, o‘qish jarayonida sinfdoshlaridan qolishmaydi.

Bugungi kunda maktab atrofidagi 200 metr piyodalar yo‘lakchasiga taktil qoplamalar yotqizilgan. Yaqin orada hududdagi chorrahalarga ovozli svetoforlar o‘rnatish ham rejalashtirilgan. Inklyuziv muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda. Ushbu tajriba ijtimoiy xizmatlar nafaqat yordam ko‘rsatish, balki bolalarning salohiyati va iste’dodini yuzaga chiqarish uchun ham keng imkoniyat yaratishini namoyon etadi.

Oldingi sahifaIkki piyola suv
Keyingi sahifaIshlar jadal tus oldi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun