Nomzodning rejasi aniqmi?

Date:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2025-yil 6-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Ekologik partiya fraksiyasi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasining maqsadi — hukumat a’zolari va mahalliy rahbarlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi mas’uliyati va hisobdorligini oshirish, bu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli va samarali tashkil etishdir.

Hujjatga ko‘ra:

Hokim lavozimiga nomzodlar endilikda xalq deputatlari kengashida nomzodi ko‘rib chiqilayotganda, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi bilan bir qatorda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq harakatlar rejasini ham taqdim etadi.

Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlar esa Qonunchilik palatasida nomzodi tasdiqlanayotganda tizimda korrupsiyani bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini taqdim etishlari shart bo‘ladi.

Fraksiya a’zolari fikricha, ushbu tartib rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilayotgan shaxslarning ochiqlik, javobgarlik va halollik tamoyillariga sodiqligini ta’minlashda muhim qadam bo‘ladi.

Yig‘ilish yakunida qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlandi va tegishli qaror qabul qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarda sun’iy intellekt va startap xonalari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishidagi islohotlar...

Jasorat unutilmaydi

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovning hayotini...

Muammoli kreditlar nazoratda

Surxondaryo viloyatida muammoli kreditlarni undirish va moliyaviy intizomni mustahkamlashga...

“Boysun bahori”da milliy o‘yinlar jo‘sh urmoqda

Bugun Boysun bahori xalqaro folklor festivalining ikkinchi kuni bo‘lib,...
KunTun
KunTun