Zamonaviy va qulay muhiti sari

Date:

Prezidentimiz farmoni asosida mamlakatimiz bo‘ylab aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, zamonaviy shaharsozlik talablari asosida infratuzilmani rivojlantirish hamda urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etilmoqda. Mazkur loyiha nafaqat yangi turar joylarni, balki butunlay yangi hayot tarzini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli tashabbusdir.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massividagi turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va infratuzilma inshootlarida olib borilayotgan ishlar holatini joyida o‘rgandi.

Uchrashuv davomida mutasaddilar va hudud rahbarlari ishtirokida qurilish sohasida amalga oshirilayotgan davlat dasturlari ijrosi muhokama qilindi. Xususan, viloyatda joriy yil oxirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan 9 200 xonadonli turar joylar, “Texnopark” va boshqa yirik loyihalar bo‘yicha mas’ullar axboroti tinglandi.

Tahlil chog‘ida ayrim loyihalarda kuzatilayotgan kechikishlar va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Hokim tomonidan har bir qurilish maydonida sifat va shaffoflikka qat’iy e’tibor qaratish, shaharsozlik normalariga to‘liq amal qilish hamda barcha obyektlarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. “Yangi O‘zbekiston” massivlarining barpo etilishi — bu oddiy qurilish loyihasi emas. U fuqarolarning turmush darajasini oshirish, zamonaviy yashash madaniyatini shakllantirish va shaharsozlik tizimini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamdir. Ushbu tashabbus natijasida minglab oila yangi, qulay va xavfsiz uylarga ega bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarda sun’iy intellekt va startap xonalari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishidagi islohotlar...

Jasorat unutilmaydi

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovning hayotini...

Muammoli kreditlar nazoratda

Surxondaryo viloyatida muammoli kreditlarni undirish va moliyaviy intizomni mustahkamlashga...

“Boysun bahori”da milliy o‘yinlar jo‘sh urmoqda

Bugun Boysun bahori xalqaro folklor festivalining ikkinchi kuni bo‘lib,...
KunTun
KunTun