Bosh murabbiy o‘zgardi

Date:

 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA) 2006-yilgi Jahon chempionatining g‘olibi, futbol tarixidagi eng mashhur himoyachilardan biri — Fabio Kannavaroni milliy terma jamoamizning bosh murabbiyi etib tayinlaganini rasman e’lon qildi.

UFA xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis bilan 2+3 yillik shartnoma imzolangan bo‘lib, u jamoani AQSH, Kanada va Meksikada o‘tadigan 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorlaydi.

“O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006-yilgi Jahon chempionati g‘olibi, yaqin o‘tmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri — Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzdi. Italiyalik murabbiy terma jamoamizni kelgusi Jahon chempionatiga tayyorlaydi”, — deyiladi UFA bayonotida.

Murabbiylar shtabida Kannavaroga tajribali mutaxassislar yordam beradi:

 Aujeniyo Albarella — yordamchi murabbiy (Yaponiya terma jamoasi, “Yuventus”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da ishlagan);

Troize Fransesko — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy (“Benevento”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da faoliyat yuritgan);

Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoshlar terma jamoasi, “Sampdoria” va “Spal” klublarida ishlagan).

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze Kannavaro shtabida yordamchi murabbiy sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Ushbu tayinlov O‘zbekiston futbolida yangi bosqichni boshlab berishi, terma jamoamizni xalqaro maydonda yanada yuqori natijalarga yetaklashi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Terens Tao — dunyodagi eng aqlli inson

Dunyo bo‘ylab aql darajasini o‘lchash uchun eng mashhur ko‘rsatkichlardan...

O‘quvchilar yangi binolarda o‘qiydi

Viloyatimizning shahar va tumanlarida bir qator yangi obyektlar foydalanishga...

“Ekraz”da yangi bog‘cha

Prezidentimizning hududlarni, jumladan, Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlari...

Sun’iy intellekt va ta’lim taraqqiyoti yo‘lida muhim hamkorlik…

Bugungi kunda axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ayniqsa,...
KunTun
KunTun