Yaponiya grant ajratdi

Date:

Surxondaryo viloyatida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni bog‘chalarga qamrab olish darajasini oshirish hamda zamonaviy sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur yo‘nalishda xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari ham faol jalb etilmoqda.

Xususan, Termiz shahridagi 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mahalliy budjet hisobidan to‘liq rekonstruksiya qilinmoqda. Shu bilan birga, bog‘chani zamonaviy mebel va o‘quv jihozlari bilan ta’minlash maqsadida Yaponiyaning 24,2 ming AQSH dollari miqdoridagi granti jalb etildi. Bolalar uchun qulay muhit yaratish va qamrovni kengaytirish maqsadida muassasa hududida qo‘shimcha bino ham qurilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur bog‘chada olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash hamda jihozlash ishlarining borishini joyida o‘rgandi. Shuningdek, shu yerning o‘zida ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Soha rahbarlari va mas’ullarning axborotlari tinglanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Viloyat rahbari mavsumga puxta hozirlik ko‘rish, aholi va ijtimoiy obyektlarni barqaror energiya resurslari bilan ta’minlash, muqobil yoqilg‘i zaxiralarini shakllantirish bo‘yicha ham vazifalarni belgilab berdi. Shundan so‘ng, Majnuntol mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lini Termiz daryo porti bilan bog‘lovchi 4R-23N yo‘lining 3,1–4,6 kilometrlik qismidagi rekonstruksiya ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Hokim yo‘l ta’miri sifatini va keyingi bosqichdagi ishlarning borishini baholadi. Mutasaddilarga ishlarni tizimli, sifatli tashkil etish va loyihani belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun