“Men va farzandim”

Date:

Alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar uchun muhim mavzuda navbatdagi trening tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi ota-onalarga farzandlari bilan sog‘lom psixologik aloqa o‘rnatishda ko‘maklashish, bolalarning individual imkoniyatlariga ishonchni mustahkamlash hamda ularni jamiyatda faol va baxtli hayot kechirishiga zamin yaratishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar farzandlarini qanday qabul qilayotganini chuqur anglash, o‘z his-tuyg‘ularini to‘g‘ri ifoda etish va bolaning ehtiyojlarini to‘liq tushunish bo‘yicha interaktiv mashg‘ulotlarda qatnashishdi. Shuningdek, treningda inklyuziv ta’limda ota-onaning o‘rni, ularning farzand rivojiga psixologik, emotsional va ijtimoiy jihatdan ko‘mak berish yo‘llari atroflicha muhokama qilindi.

Mutaxassislar ota-onalarga kundalik hayotda bolaga ijobiy munosabat bildirish, kichik yutuqlarni qadrlash, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va oilaviy qo‘llab-quvvatlov muhitini yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishdi. Trening jarayonida ishtirokchilar o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, bir-biridan o‘rnak olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunida ota-onalar bu kabi uchrashuvlarning ahamiyati katta ekanini ta’kidlab, ular orqali nafaqat bilim, balki ruhiy tayanch va jamiyatdagi o‘z o‘rnini anglash hissini olganliklarini bildirishdi.

Bunday tashabbuslar alohida ehtiyojli bolalarning har tomonlama rivojlanishiga, ularning ota-onalari esa o‘z farzandlariga yanada ishonch va muhabbat bilan qarashiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun