Yo‘ng‘indan ogohlik – xavfsiz hayot garovi

Date:

Surxondaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “Yo‘ng‘indan ogohlik” umumxalq kampaniyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Kampaniyaning asosiy maqsadi — aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi madaniyatini oshirish, ehtiyot choralarini bilish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

Shu maqsadda viloyatdagi umumta’lim maktablarida turli amaliy tadbirlar, o‘quv-mashg‘ulotlar hamda profilaktik suhbatlar tashkil etilmoqda. Tadbirlar davomida o‘quvchilarga yong‘in chiqishiga sabab bo‘ladigan omillar, ularning oldini olish choralari, o‘t xavfsizligi qoidalari hamda yordam chaqirish tartibi batafsil tushuntirib berilmoqda.

Amaliy mashg‘ulotlarda evakuatsiya qoidalari, o‘t o‘chirish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish tartibi ko‘rgazmali tarzda namoyish etilmoqda. Shu bilan birga, ta’lim muassasalaridagi yong‘inga qarshi jihozlar holati o‘rganilib, ularni to‘g‘ri saqlash va foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari ta’kidlashicha, bunday tadbirlar nafaqat yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshiradi, balki jamoat xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Yo‘ng‘indan ogoh bo‘lish – bu nafaqat xavfsizlikni, balki tinch va farovon hayotni ta’minlashning muhim kafolatidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoyliklar munosib qatnashdi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga...

Jazo  yetarli  emas

Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi samaradorligi va fuqarolarning qonuniy...

Murojaat — shikoyat emas, signal

Ba’zan chiqindi tashish xizmati uchun asossiz hisoblangan qarzdorlik, internet...

Himoyaning  yangi  modeli

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash, korrupsiya xavflarini...
KunTun
KunTun