Ikki karra bayram

Date:

1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” vohamizda ustozlarga bo‘lgan ehtirom va hurmatning ramzi sifatida keng nishonlandi. Aynan shu kunda ko‘plab maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va o‘quv maskanlari, sport maydonlarining foydalanishga topshirilgani yoshlar hamda ustozlar uchun munosib tuhfa bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Termiz davlat pedagogika institutida esa bu yilgi ustozlar kuni yanada ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Institut hayotida muhim voqea – barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi talabalar turar joyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu esa institut jamoasi uchun ikki karra bayram bo‘ldi.
Tantanali tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari, keng jamoatchilik vakillari bilan bir qatorda, Turkiyaning Bursa shahridagi O‘zbekiston faxriy elchisi, tadbirkor va investor Ali Baklan ham ishtirok etdi.
So‘zga chiqqan mutasaddilar yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlarning ulkan ahamiyatini ta’kidladilar. Davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan 5 qavatli, 400 o‘rinli yotoqxona zamonaviy talablarga to‘liq javob beradi. Binoda yotoq xonalari, o‘quv xonalari, kutubxona, sport va madaniy hordiq uchun mo‘ljallangan maskanlar barpo etilgan. Eng asosiysi, bu turar joy talabalar uchun nafaqat qulay yashash, balki samarali ta’lim olish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ijodiy izlanishlar olib borish imkonini ham yaratadi.
Darhaqiqat, yangi turar joy nafaqat shinam xonalar majmuasi, balki yoshlarning ma’naviy va intellektual kamolot sari intilishlariga xizmat qiluvchi maskan bo‘lib xizmat qiladi. Institut hayotidagi bu yangilik talabalar qalbida yanada g‘urur va mas’uliyat tuyg‘ularini kuchaytirishi shubhasiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ko‘prik — katta qulaylik

Qumqo‘rg‘on tumanining “Achamoyli” mahallasi aholisi uchun quvonchli kun bo‘ldi....

Yosh mahkumlar uchun yangi yo‘l

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 18–30 yoshdagi...

Tabiatning jonli merosi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat...

 “Men kuchli ayolman”

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining joriy yil 30-yanvardagi 06/1-525-sonli topshirig‘iga...
KunTun
KunTun