Tadbirkorlik uchun yangi maydonlar ochilmoqda

Date:

Tadbirkorlik – nafaqat iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi, balki yangi ish o‘rinlari, odamlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi va barqaror turmush darajasi demakdir. Shu bois Surxon zaminida tadbirkorlar uchun imkoniyatlar kengayib bormoqda.

Termiz shahrining “Tinchlik” mahallasida 1,2 kilometr uzunlikdagi kollektor zamonaviy tarzda yopildi. Endilikda uning ustida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari qad rostlamoqda. Bu loyiha nafaqat hudud qiyofasini yangilaydi, balki yuzlab oilalar uchun tirikchilik manbaiga aylanadi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishlar bilan joyida tanishib, mahalliy tadbirkorlarning rejalarini eshitdi.

Keyinchalik “Tinchlik” va “Jo‘yjangal” mahallalarida aholi turmush tarzini yaxshilash, infratuzilmani mustahkamlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi. Mahalliy mas’ullar bajarilgan ishlar haqida hisobot berdi, kelgusidagi rejalar bilan bo‘lishdi.

Viloyatda infratuzilma loyihalariga xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha ham taqdimot o‘tkazildi. Bu, albatta, Surxonning taraqqiyotiga yangi kuch bag‘ishlaydi.

Shuningdek, Termiz tumanida Surxon daryosi bo‘yida bunyod etilayotgan yirik majmua qurilish jarayonlari ham o‘rganildi. Bu maskan yaqin kelajakda nafaqat mahalliy aholi uchun, balki sayyohlar uchun ham diqqatga sazovor bo‘lishi kutilmoqda. Yangi loyihalar, qulay sharoitlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali Termiz shahri tobora zamonaviy, odamlar uchun imkoniyatlar shahri bo‘lib bormoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun