Burchga sadoqat bilan…

Date:

Mamlakatimizda qonun ustuvorligi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalasi davlat siyosatida muhim yo‘nalish sifatida belgilangan. Jamiyat taraqqiyoti va barqarorligi, avvalo, fuqarolarning huquqiy ongi va mas’uliyatiga bevosita bog‘liqd. Shu jihatdan, turli sohalarda xizmat qilayotgan fidoyi insonlarning huquqiy bilimini oshirish, ularda qonunga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish, korrupsiya va jinoyatchilikning har qanday ko‘rinishlariga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

Aynan shu maqsadda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi, xizmatchi, qutqaruvchilar va ularning oila a’zolari ishtirokida keng qamrovli profilaktik-targ‘ibot tadbirlari yo‘lga qo‘yildi. Bu jarayonda “sayyor qabul”lar shaklidagi uchrashuvlar alohida samara bermoqda.

 Sayyor qabullarda asosiy e’tibor korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, firibgarlik, tovlamachilik kabi salbiy illatlarning shaxs va jamiyat uchun xavfli oqibatlarini tushuntirish, shuningdek, xizmat burchi va kasbiy vazifalarga mas’uliyat bilan yondashish zaruriyatiga qaratildi.

Ochiq muloqotda huquqiy bilimlarning amaliyotdagi ahamiyati, xizmat intizomini mustahkamlash va qonunbuzarlik holatlarini oldini olish kabi masalalarga keng to‘xtalib o‘tildi. Ayni paytga qadar sayyor qabullar Denov, Muzrabot, Oltinsoy, Sho‘rchi, Angor va Termiz tumanlarida qizg‘in va samarali tarzda o‘tdi.

Tashkil etilayotgan sayyor qabullar huquqiy madaniyatni yuksaltirish, xizmat burchiga sodiqlik va qonunga hurmat ruhini kuchaytirishda muhim qadam bo‘lmoqda. Tadbirlarda bildirilgan fikr va mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, bunday uchrashuvlar xodimlar va ularning oila a’zolari uchun haqiqiy amaliy maktab vazifasini o‘tamoqda.

   Zulfiya Sohibova,   

Viloyat FVB  axborot xizmati yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun