“Qalqon”: qabul yakunlandi

Date:

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda jamoat tartibini saqlashga faol jalb etish maqsadida tashkil etilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhiga qabul jarayonlari o‘z nihoyasiga yetdi.

Saralash bosqichlarida qatnashgan talabalar jismoniy tayyorgarlik darajasi, bilim va salohiyatlari bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi. Imtihon natijalari asosida eng faol va munosib talabalar tanlab olindi. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularga”Qalqon” jamoatchilik guruhini tashkil etish va faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha nizom talablari, a’zolarning huquq va majburiyatlari batafsil tushuntirib berildi.

Shuningdek, jamoatchilik guruhi faoliyatida intizom, mas’uliyat va hamkorlikning muhimligi alohida ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Nazorat tadbirlari davom etmoqda

Kadastr agentligi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib...

1,7 milliondan ortiq aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “To‘palang suv ombori suvlaridan...

Yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Hududlarda xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish, yangi...

Majolis un-naf(oyi)s

Demak, hazrat Navoiy davrida ham majlislar bo‘lgan. Shundan ruhlanib,...
KunTun
KunTun