Orzu va umidlar atlasimda jam

Date:

Yurtimizda milliy merosimizni asrab-avaylash, qadimiy san’at va hunarmandchilikni tiklash, ma’naviy hayotimizga yanada chuqurroq singdirish maqsadida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Xon atlas” tadbiri ham ana shunday ma’naviyat bayramiga aylandi.
Asrlar davomida xalqimizning yuksak didini ifoda etgan atlas va adras matolari bugungi kunda ham milliy iftixorimiz hisoblanadi. “Xon atlas”ning yaratilishi haqida turli rivoyatlar mavjud bo‘lib, unda tabiat manzaralari, inson orzu-umidlari va hayotiy falsafa ranglar uyg‘unligida o‘z ifodasini topgan. Adras esa yengilligi va bardoshliligi bilan ajralib turadi, u ham xalqimizning kundalik va bayram liboslarida chuqur o‘rin tutadi.
Tadbirda milliy liboslar ko‘rgazmasi, hunarmandlar ishlanmalari va atlas to‘qish jarayonining turli bosqichlari namoyish etildi. Bu orqali xodimlar xalqimiz asrlar osha asrab kelgan bebaho merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir baxshilarning aytishuvlariga ulanib ketdi. Sababi, Surxondaryo — baxshilarga beshik bo‘lgan, qahramonlik va ma’naviyat qo‘shiqlari jaranglaydigan hudud. Shuning uchun kechaga Elyor baxshi mehmon sifatida ishtirok etdi.
Baxshining ijrosi, termalardan aytgan parchalari barchada katta taassurot qoldirdi. Bu aytimlarda milliy qahramonlarimiz, xalq og‘zaki ijodining boy xazinasi, mardlik va sadoqat kabi yuksak g‘oyalar yorqin tarzda tarannum etildi.
Milliyligimiz tarannum etilgan tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar bosh-qarmasi jamoasi nafaqat milliy mato-larning go‘zalli-gidan bahramand bo‘ldi, balki baxshichilik san’atidan ma’naviy ozuqa oldi.

Zulfiya Sohibova,
viloyat FVB axborot xizmati yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Denovlik o‘quvchilar ekologik tashabbusi e’tirof etildi

Bolalarning ekologik huquqlarini ta’minlash, yosh avlodda tabiatga mas’uliyatli munosabatni...

Jadidlar izidan borayotgan yoshlar

Tarixni anglash, milliy ma’rifatparvarlik merosini o‘rganish va yosh avlodda...

Oltinsoy jamoasi finalda!

Surxondaryo viloyati futbol bo‘yicha 2-liga chempionatida final bosqichiga yo‘llanma...

Bilimlar sinovdan o‘tmoqda

Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilim va salohiyatini yuzaga chiqarish...
KunTun
KunTun