Dehqonchilikda samarali yechim

Date:

Yurtimizda barcha soha va tarmoqlarda energiya tejovchi, ekologiya uchun zararsiz va qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tilmoqda. Bu jarayon nafaqat sanoat va ijtimoiy infratuzilmada, balki qishloq xo‘jaligida ham yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Sho’rchi tumanidagi “Joyilma” mahallasida yashovchi Nurmuhammad Khidirqulov buni amalda isbotlab kelayotganlardan biri. U auksion orqali o‘zlashtirgan yer maydonida zamonaviy yechimlarni qo‘llab, daromad topmoqda. Eng muhimi, yilning istalgan faslida suv tanqisligidan xavotir olmasdan, dalasida dehqonchilik ishlarini barqaror davom ettirish imkoniyatiga ega.

— Bu yerga egalik qilganimga uch yildan oshdi, — deydi Nurmuhammad Khidirqulov. — Dastlab suv yo‘qligi sabab ancha qiynaldik. Keyin yer maydonini tozaladik, ikki quvur qazib, suv manbasini yaqinlashtirdik. Eng muhim yangilik shuki, elektr xarajatlarini kamaytirish maqsadida quyosh panellarini o‘rnatdik. Natijada nafaqat suv muammosini hal qildik, balki tomorqadan samarali foydalanishni ham yo‘lga qo‘ydik.

Nurmuhammadning tashabbusi shuni ko‘rsatmoqdaki, izlagan imkon topadi. U suv yetishmovchiligi hukm surgan hududda quyosh energiyasi asosida sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yib, dehqonchilikda baraka yaratmoqda.

Bunday tajribalar kelgusida boshqa hududlarda ham keng joriy etilishi, suv va energiya tejamkorligiga xizmat qilishi, eng muhimi, qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni ta’minlashi shubhasizdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun