“Hayot uchun joy ajrating”

Date:

Dunyo bo‘ylab nishonlanadigan Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti tomonidan ekologik ong va mas’uliyatni oshirishga qaratilgan “Hayot uchun joy ajrating” shiori ostida plogging (yugurib chiqindi yig‘ish) eko-aksiyasi tashkil etildi. Aksiyada volontyor talabalar faol ishtirok etib, qisqa vaqt ichida 120 kilogramm chiqindi yig‘ib olishga muvaffaq bo‘ldilar. Ularning bu tashabbusi tabiatga bo‘lgan mehr, ekologik xavfsizlikka e’tibor va atrof-muhitni asrashdagi mas’uliyatning yorqin namunasi bo‘ldi.

Bu kabi tadbirlar nafaqat yurtimiz yoshlarida ekologik madaniyatni shakllantirishga, balki kelajak avlodga toza va sog‘lom muhitni meros qilib qoldirish g‘oyasini chuqur singdirishga xizmat qiladi. Bolalar va o‘smirlar tabiatni qadrlashni oilada va jamiyatda o‘rganadi — mana shunday aksiyalar esa bu tarbiyaning amaliy davomidir.

Tozalik bir kunlik harakat emas, balki har bir insonning kundalik odatiga aylanishi kerak. Tabiat bizning umumiy uydir. Uni asrash – farzandlarimiz kelajagiga qilgan eng katta sarmoya hisoblanadi. Tadbir yakunida eng faol volontyorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu esa yoshlarimizni yanada rag‘batlantirib, ularni ekologik tashabbuslarga faolroq jalb etishga xizmat qiladi.

Unutmang, toza atrof-muhit – sog‘lom jamiyat garovidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yoshlar turizm ko‘chasi” ochildi

Muzrabot tumanida yoshlarga bag‘ishlangan yangi ezgu tashabbus — “Yoshlar...

Tezlik 150 km/soatga yetadi

O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llarda ruxsat etilgan maksimal tezlik 150...

Adabiy uchrashuvda

Oltinsoy tumanidagi Axborot-kutubxona markazida mashhur shoira, “Oltin qalam” mukofoti...

142 murojaat koʻrib chiqildi

Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va...
KunTun
KunTun