TDMAU delegatsiyasi Xitoyda

Date:

Xitoyning Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti universitetlarining VIII Energetika konferensiyasi boshlandi. North China Electric Power University (NCEPU) mezbonligida o‘tayotgan ushbu nufuzli anjumanda Xitoy, Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlari vakillari qatnashmoqda.

Konferensiyada energetika sohasida hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari, innovatsion ishlanmalar va ta’lim dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar muhokama qilinmoqda. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti delegatsiyasi ham rektor Rasul To‘rayev boshchiligida ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashmoqda, hamkorlikdagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikrlar bildirmoqda.

Bu ishtirok universitetimizning xalqaro nufuzini oshirish, talabalar va yosh olimlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun