Murojaati bor onlayn qabulda

Date:

Surxondaryoda aholi muammolarini joyida hal qilish va davlat organlari bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida muntazam ravishda onlayn qabullar tashkil etilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov shahar va tumanlar studiyalari orqali fuqarolar bilan navbatdagi onlayn muloqotni o‘tkazdi.

Dastlab, avvalgi qabullarda bildirilgan murojaatlarning ijrosi muhokama qilindi. So‘ngra 121 nafar fuqaro turli masalalar yuzasidan murojaat qildi. Jami 134 ta murojaat ko‘rib chiqilib, ular orasida davolanish, uy-joy sotib olish va ta’mirlash, subsidiya ajratish, yo‘llarni ta’mirlash, ish bilan ta’minlash, elektr va ichimlik suvi ta’minoti, kadastr, tibbiyot hamda ta’lim sohalariga oid muammolar o‘rin oldi.

Qabul jarayonida 19 ta murojaat joyida ijobiy hal qilindi. Qolgan 115 ta murojaat esa ijrosi uchun tegishli viloyat, shahar va tuman mas’ullariga topshirildi hamda hokimlik nazoratiga olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun