Dehqonchilik va tadbirkorlik – diqqat markazida

Date:

Sho‘rchi va Denov tumanlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy seminarlar o‘tkazildi. Tadbirlarning asosiy maqsadi – mavjud muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda yangi imkoniyatlardan samarali foydalanishdan iborat bo‘ldi.

Sho‘rchi tumanida o‘tkazilgan seminarda Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi va Oltinsoy tumanlari hokimlari, soha mutasaddilari, fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlar ishtirok etdi. Denov tumanidagi yig‘ilishda esa Uzun, Sariosiyo va Denov tumanlaridan mas’ullar hamda qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar qatnashdi.

Muloqotlarda 2026-yilgi g‘alla hosili uchun urug‘ ekish ishlarini samarali tashkil etish, chorvachilik va bog‘dorchilikni rivojlantirish, yer maydonlaridan oqilona foydalanish, tokchilik yo‘nalishida xatlovlar o‘tkazish, shuningdek, paxta yig‘im-terimini sifatli o‘tkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Seminarda mutasaddilar amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi, fermer va tadbirkorlar esa o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Yakunda har bir yo‘nalish bo‘yicha natijadorlikni oshirishga xizmat qiladigan aniq vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlarimiz xalqaro maydonda

San’atga mehr, tinimsiz izlanish va ijodiy mahorat yosh iste’dodlarni...

Dolzarb vazifalar belgilandi

Denov tumani hokimi Anvar Normamatov hududlarda aholining turmush sharoiti,...

Iste’dodlar e’tibordan chetda qolmasin

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va...

Ma’naviy immunitet — davr talabi

Bugungi globallashuv va shiddatli axborot almashinuvi davrida yoshlarning mustaqil...
KunTun
KunTun