Termiz kuz-qishga tayyormi?

Date:

Viloyatimizda kuz-qish mavsumini barqaror va muammosiz o‘tkazish maqsadida keng ko‘lamli amaliy ishlar boshlab yuborildi.Bu jarayon, avvalo, aholini hamda ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarni uzluksiz energiya manbalari bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va mavjud infratuzilmadan samarali foydalanishni ko‘zda tutmoqda.
Termiz shahridagi markaziy qozonxonada elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va boshqa kommunal xizmatlar bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan viloyat hokimiga batafsil axborot berildi. Xususan, 26 ta 110 kVt kuchlanishli elektr tarmoqlarida uzilishlarning oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Shuningdek, “avariya-tiklash” brigadalari shakllantirilib, ularning tezkor harakatlanishi uchun maxsus transport vositalari va zamonaviy texnika bilan ta’minlash masalasi ham hal etildi. Zarur hollarda foydalanish uchun yetarli miqdorda zaxira materiallari ham jamg‘arib qo‘yilgan. Bu esa favqulodda vaziyatlarda energiya ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qiladi.
Gaz ta’minoti sohasida ham kuz-qish mavsumiga alohida tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Tarmoqdagi bosimni barqaror saqlash, uzluksiz yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud quvurlarni profilaktik ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu bilan birga, ichimlik suvi tarmoqlaridan foydalanishda ham samaradorlikni oshirish, aholiga sifatli va toza ichimlik suvi yetkazib berish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Qozonxonalar faoliyatini yaxshilash ham muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, ular orqali aholiga issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berish, mavjud quvurlarni yangilash va ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotir.
Eng muhimi, barcha sohalar kesimida aniq vazifalar belgilanib, mas’ul tashkilotlar oldiga qat’iy talablar qo‘yildi. Har bir tarmoq va hudud kesimida ishlarning sifatini ta’minlash, kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish va bu jarayonni nazorat ostida olib borish masalalari alohida qayd etildi.
Surxondaryo viloyatida yaqinlashib kelayotgan kuz-qish mavsumini tinch, barqaror va muammosiz o‘tkazish, aholiga qulay sharoit yaratish hamda ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha amaliy harakatlar davom ettirilmoqda.

“Surxon tongi”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun