HAMJIHATLIKDA HIKMAT KO‘P

Date:

Oltinsoy tumanining “Chinor” mahallasida mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlikning yorqin namunasi bo‘ldi. “Chinor” jome’ masjidi hovlisida mahalla ahli, diniy soha xodimlari, mahallada yashovchi hojilar va nuroniylar tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarning besh nafar farzandiga hatna to‘ylari o‘tkazib berildi.

Yoshlikning eng quvonchli daqiqalaridan biri sanalgan ushbu marosimda yig‘ilganlarning ko‘ngli yanada yorishdi. To‘yda kichkina yigitchalarning yuzidagi beg‘ubor tabassum, ota-onalarning ko‘zidagi quvonch yoshlari tadbirga alohida fayz bag‘ishladi. Besh nafar farzandga beshta velosiped va bir million so‘mdan pul tarqatilgani ularning bolalik xotiralariga unutilmas sovg‘a bo‘lib yozildi.

Shuningdek, tuman hokimligi homiyligida ehtiyojmand oilalarning o‘n nafar qiziga maktab sumkasi va o‘quv qurollari tantanali ravishda topshirildi. Bu ezgu tashabbus kelajak sari dadil qadam qo‘yayotgan qizaloqlarning ko‘ngliga quvonch ulashdi, ularni yanada bilim olishga, orzu-intilishlariga intilishlariga ruhlantirdi.

Shunday tadbirlar insonni bir narsaga yana bir bor ishonch hosil qildiradi: xalqimizning asl fazilati — saxovat, mehr-oqibat va birdamlikdir. Mahalla ahli bir tan, bir jon bo‘lib, bir-biriga mehr ulashsa, kelajak ham nurafshon bo‘ladi. Hamjihatlikda o‘tkazilgan bugungi tadbir ana shu fikrning amaldagi yorqin isbotidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun