Mashgʻulotlar start oldi

Date:

Termiz davlat universitetida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan “Zilzila oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda obyekt tuzilmalarining toʻgʻri harakati” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar va talabalarga tabiiy hamda texnogen koʻrinishdagi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, xavfsizlik qoidalariga oid eslatmalar tarqatildi va kuz-qish mavsumini talafotlarsiz, xavfsiz o‘tkazish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Shundan soʻng, maxsus taktik oʻquv mashqiga start berildi. Bunday tadbirlar talaba-yoshlar va pedagog-xodimlarning ogohligini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oldingi sahifaGʻoliblar finalga chiqadi
Keyingi sahifaUstozi AQShdan

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun