Angorda yangi agro markaz

Date:

Angor tumani endilikda zamonaviy agro markazga ega bo‘ladi. Bu yerda nafaqat piyoz, brokkoli, karam va gulkaram kabi mahsulotlar yetishtiriladi, balki ularni saqlash va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha ham yangi imkoniyatlar yaratiladi. Loyihaning ishga tushishi hudud qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, dehqon va tadbirkorlar uchun esa qo‘shimcha daromad manbai yaratishga xizmat qiladi.

Tuman markazida “Angor Agro Star” MCHJ loyihasi qurilishiga rasmiy start berildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, qurilish ishlarini sifatli bajarish va belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan hamkorlikda mahsulot yetishtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va eksport imkoniyatlarini oshirish masalalari muhokama qilindi. Xatlovlar davomida aniqlangan samarasiz bog‘larni sog‘lomlashtirish, yangi ekinlar barpo etish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Shundan so‘ng, viloyat hokimi hududdagi eksportyor korxonalar faoliyatini ham o‘rgandi. Ularning ishlab chiqarish jarayonida uchrayotgan muammolar ko‘rib chiqilib, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun