Yuqori hosil kaliti

Date:

Muzrabot tumanining “A.Qodiriy” hududida joylashgan “Qodiriy Darband Agro” fermer xo‘jaligi dala maydonida 2026-yil hosili uchun to‘qsonbosti ekinlarni ekish va ulardan yuqori hosil olish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, fermerlar kengashi mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va dehqonlar ishtirok etib, to‘qsonbosti ekinlarni ekish, parvarish qilish va hosildorlikni oshirish borasidagi tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir davomida yerga ishlov berishning samarali usullari, sifatli urug‘ tanlash, suv va o‘g‘itlardan oqilona foydalanish, zararkunandalarga qarshi kurashishning ilmiy asoslangan choralariga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday seminarlar fermer va dehqonlarning bilim va ko‘nikmalarini boyitish, hosildorlikni barqaror oshirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda yuqori natijaga erishishda muhim o‘rin tutadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun