Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy koʻrik shartmi?

Date:

Joriy yil 8-sentabr kuni “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–157-son, 08.09.2025-y.) qabul qilindi. Unda davlat xizmatlarini koʻrsatishda talab qilinadigan hujjatlar soni qisqartirilishi koʻzda tutilgan.

Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

 – 2028-yilgacha YAIDXP (my.gov.uz) va davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkazish;

– proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga hamda kompozit davlat xizmatlarini 74 taga yetkazish.  Farmonga koʻra, 2025-yil 1-dekabrdan idoralararo axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish orqali nikohni rasmiylashtirishda FHDYO organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy koʻrik natijalarini taqdim qilish talabi, nikohdan sud qarori asosida ajratilganda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini shakllantirish uchun FHDYO organlari tomonidan sud qarorining talab qilinishi hamda avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini koʻrsatish talabi bekor qilinadi.

Oldingi sahifaInstinkt
Keyingi sahifaEndi xitoy tili oʻqitiladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun