Instinkt

Date:

Qoplon itni quvib borardi.  It   uylardan birining hojatxonasi derazasidan ichkariga sakrab, dushman changalidan qutulib qolmoqchi bo‘ldi.  Qoplon ham itning orqasidan ichkariga otilib kirdi. Hojatxona eshigi tashqaridan yopiq edi.

Biri qorin,  biri jon dardida bo‘lgan ikkala hayvon beixtiyor bir “qafas”ga tushib qolishdi.   It qoplonni ko‘rib, vahimaga tushdi va jimgina bir burchakka qisilib, o‘limini kuta boshladi.  Hatto vovullashga ham jur’at qilolmadi. Biroq qoplon nihoyat itni quvib yetgan bo‘lsa-da, negadir unga tashlanmadi. Vaholanki, o‘lja shundoq burnining tagida, ojiz va taslim holda turardi.

Itni bir hamlada g‘ajib, o‘sha yerning o‘zida paqqos tushirishi mumkin edi. Ammo unday qilmadi. Ikki hayvon qariyb o‘n ikki soat davomida torgina hojatxonaning ikki burchagida  qimir etmay o‘tirishdi. Mana shu o‘n ikki soat davomida qoplon itga bir marta ham hujum qilmadi.

O‘rmon ma’muriyati qoplonni nishonga oldi va uni tinchlantiruvchi o‘q bilan “uxlatgach” eshikni ochib,  itni qutqarishdi.

Endi savol tug‘iladi: nima uchun och qoplon u yerda o‘ljasiga  teginmadi?

Yovvoyi hayvonlar tadqiqotchilari bu savolga shunday javob berishdi:

Ularning fikricha, ba’zi bir hayvonlar uchun erkinlik ko‘p narsani hal qiladi va ular uchun bu tuyg‘u qorin g‘amidan ko‘ra kuchliroq. Ular ozodliklari tortib olinganini anglaganlarida, ochliklarini unutib qo‘yishadi. Ularda qorinlarini to‘ydirishga bo‘lgan tabiiy instinkt yo‘qola boshlaydi.

Erk ana shunday kuchli tuyg‘udir.  Yashash erkinligi cheklangan joyda  qolgan barcha ehtiyojlar o‘z-o‘zidan ahamiyatsiz bo‘lib qoladi…

Afsuski, ba’zi insonlarda mana shu hayvonlarchalik erkka nisbatan hassoslik yo‘q.  Qorni to‘ysa bo‘ldi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun