Taklif va tavsiyalar berildi

Date:

Termiz shahridagi Matbuot uyida Yuksalish harakati viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston-2030 strategiyasini 2024-yilda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining maqsadlaridan kelib chiqib, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari sifatini  yaxshilash, qamrov olish darajasini 92 foizga, chiqindilarni qayta ishlash darajasini 40 foizga oshirish masalalariga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Eshituvda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim  o‘zgarishi boshqarmasi chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sho‘ba boshlig‘i Toshmuhammad Boyqobilov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Shuningdek, davlat dasturning 2-maqsad: Umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish “Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim tizimida yaratiladigan yangi o‘quvchi o‘rinlari sonini oshirish bo‘yicha viloyatda “Jamoatchilik guruhi” a’zolari ishtirokida amalga oshirilgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tildi.

Yuqoridagi  masalalar yuzasidan soha vakillarining ma’ruzalari tinglanib, muhokama  davomida kamchilliklar yuzasidan  taklif va tavsiyalar berildi.

Dinara Mahmudova

Oldingi sahifaOna
Keyingi sahifaInstinkt

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiyin ahvolga tushsa, yengillik beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan...

“Maromiylik” tadbirlari boshlandi

Denov tumanining “Yangi hayot” mahallasida Oila va xotin-qizlar bo‘limi,...

Qarovsiz bog‘ sayilgohga aylanadi

Surxondaryoda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining ishga tushirilishi...

Loyihalar yanada takomillashtiriladi

Surxondaryoda Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yirik "To‘palang" suv...
KunTun
KunTun