Turkiyada “Baxshilar bayrami”

Date:

Turkiyaning Sivas viloyatida “Baxshilar bayrami” (“Aşıklar bayrami”) xalqaro madaniy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Respublika Madaniyat va turizm vazirligi Go‘zal san’atlar bosh boshqarmasi, Sivas viloyati hokimligi va Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY hamkorligida tashkil etilgan mazkur san’at anjumanida mahalliy ijodkorlar bilan birga O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan tashrif buyurgan baxshi va oqinlar ishtirok etdi.Mamlakatimiz nomidan “Shuhrat” medali sohibi, surxondaryolik taniqli ijodkor Mahammad baxshi Eshboyev qatnashib, milliy madaniyatimizning o‘lmas durdonalaridan biri bo‘lgan “Alpomish” dostonidan parcha ijro qildi. Uning chiqishi tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.Madaniy tadbir doirasidagi muloqotlarda O‘zbekistonda baxshichilik san’atini asrab-avaylash va rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘z yuritildi. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan Respublika Baxshichilik san’ati markazi, baxshichilik maktabi, bolalar musiqa va san’at maktablarida folklor sinflari tashkil qilingani, Xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkazilayotgani, “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni ta’sis qilingani alohida e’tirof etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Izzat Tolipov nishondor bo‘ldi

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni...

“Prezident sovg‘asi” Surxondaryoga yetib keldi

Yangi yil bayrami arafasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga...

Sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun...

Yangi markaz ishga tushdi

InfinBank o‘z faoliyati davomida hududiy tarmog‘ini izchil kengaytirib, zamonaviy...
KunTun
KunTun