Farishta

Date:

Koʻzim yorugʻlikdan qamashib ketdi. Hecj narsaga tushunmasdan karaxt yotardim. Qayerdaman? Buncha yorugʻ boʻlmasa? Nega bu yerdaman? Ammo buni soʻramoqchi boʻlgandim, tilim aylanmadi. Negadir sovqotdim. Bu makon juda sovuq ham ekan. Oʻzimning joyim yaxshi edi. Qorongʻu boʻlsa ham issiqqina, doim «duk-duk» degan allani eshitib uxlardim. Sovuqotib ketayotganimni sezishdi shekilli meni issiqqina oʻranchiqqa oʻrab qoʻyishdi. Haliyam bilmayapman qayerdaligimni?

-Hamshira, nega yigʻlamayapti?

Bu ovoz menga juda tanish. Juda qadrdon. Kim edi-a? Eslolmayapman.

-Hozir yigʻlatamiz-da!

Kimdir oyogʻimdan sekin chimchiladi. Men yigʻlab yubordim.

-Ingaaa!

Shunda menga ovozi tanish tuyulgan farishtaning quchogʻida koʻrdim oʻzimni.

-Xush kelibsan bolajonim, – dedi u menga. Tanidim. Bu farishta mening onajonim-ku!

Saida Ibodinova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ibrat va xotira

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Janubi-g‘arbiy...

Maktabga qatnash — xavfsiz va qulay

Jarqo‘rg‘on tumani Alisher Navoiy mahallasida piyodalar uchun zamonaviy yo‘lakcha...

B1 daraja endi imtiyoz beradi

Chet tillarini bilish darajasini baholash tizimida muhim yangilik joriy...

086-shakl endi onlayn

O‘zbekistonda fuqarolar uchun yana bir muhim qulaylik joriy etildi...
KunTun
KunTun