Turizm va tadbirkorlik sektorida yangi bosqich: islohotlar tahlili

Date:

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab turizmni rivojlantirish va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan yangi strategik dastur amalga oshiriladi. Ushbu dastur orqali mamlakatda mehmonxona infratuzilmasi, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, soliq imtiyozlari va texnik tartibga solish tizimi kabi muhim yo‘nalishlarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshiriladi.
Ulushi
bozor narxida
2026–2028-yillar davomida turizm sektorida 5 ming gektar yer maydoni elektron auksion orqali joylashtirish vositalari qurilishi uchun ajratiladi. Ushbu auksionlarda davlat quriladigan mehmonxonalarning ustav kapitaliga 50 foizgacha sherik sifatida qatnashish mexanizmini joriy etadi. Davlat ulushini keyinchalik xususiy investorlarga bozor narxida sotish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Shuningdek, tijorat banklari tomonidan mehmonxona qurilishi uchun 7 yilgacha kreditlar ajratilishi belgilanmoqda. Quyidagi yo‘nalishlarda imtiyozlar nazarda tutilgan:
— Turizm yig‘imlari hisoblash va to‘lash tartibining bekor qilinishi;
— Oilaviy mehmon uylari uchun vaqtincha yashash imkoniyatiga ega mehmonlar soni 2 baravar oshirilishi.
Mehmonxonalarni kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish bo‘yicha ketgan xarajatlar ham davlat tomonidan qoplab beriladi.
Ham moliyaviy, ham infratuzilmaviy…
2026–2027-yillarda tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida 270 trillion so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan:
— EIZ va kichik sanoat zonalari infratuzilmasini rivojlantirishga
4 trillion so‘m;
— Drayver loyihalarga 5 trillion so‘m;
— Tanlab olingan hududlarni rivojlantirish uchun 6 trillion so‘m;
— Kichik va o‘rta biznes uchun kreditlar – 250 trillion so‘m;
— “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ orqali 5 mingta loyihaga 4 trillion so‘m moliyaviy yordam.
Shuningdek, 2026-yil 1-maydan kredit ajratishda alternativ skoring tizimi joriy qilinadi. Bu orqali tadbirkorlarning moliyaviy holati davlat va xususiy ma’lumotlar bazasi orqali baholanadi.
Soliqda rag‘bat
Yangi mehmonxonalar qurgan tadbirkorlar 1 yil davomida foyda solig‘idan ozod qilinadi. QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishdagi xatolar uchun jarima qo‘llamaydi. Buxgalteriya xizmatlarining 6 oylik xarajatlarini soliqlardan chegirish imkoniyati yaratiladi.
Bundan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va daromad solig‘i hisobotlari soliq organlari tomonidan avtomatik shakllantiriladi. Majburiy sertifikatlashtirishga tushadigan tovarlar ro‘yxati 459 tadan
171 taga qisqartirilib, soliq auditidan keyingi jarimalarni
6 oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin bo‘ladi. Qolaversa, sayyor soliq tekshiruvlarida mobil videokameralar majburiy bo‘ladi.
Xalqaro standartlarga moslashamiz
Sertifikatsiyaning ortiqcha byurokratik talablari qisqartirilib, muvofiqlikni deklaratsiyalash amaliyoti joriy etiladi. Bu biznes yuritishdagi byurokratik to‘siqlarni kamaytiradi. Yana:
— Xalqaro laboratoriyalar uchun sharoit yaratiladi;
— Sanitariya, fitosanitariya va veterinariya nazoratida “daladan dasturxongacha” tamoyili joriy etiladi;
— Barcha ruxsat berish jarayonlari raqamlashtiriladi va “bir darcha” orqali amalga oshiriladi.
2027-yil 1-yanvarga qadar
davlat ulushiga ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun tashqi savdo operatsi-yalaridagi muddati o‘tgan debitor qarzdorlik bo‘yicha jarimalar undirishga moratoriy joriy etiladi. Bu tadbirkorlar uchun moliyaviy yengillik, tashqi bozordagi faollikni saqlash, qarzlarni bartaraf etishga rag‘bat, davlat siyosatining barqarorligiga ishonchni oshirish, xavflarni yumshatish imkonini yaratadi.
Amalga oshiriladigan keng qamrovli islohotlar O‘zbekistonda tadbirkorlik muhitini yanada qulaylashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va turizm sohasini strategik rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqsad – raqobatbardosh iqtisodiy muhit va barqaror biznes ekotizimini yaratishdir. Islohotlar nafaqat moliyaviy va soliq sohalarini, balki huquqiy, infratuzilmaviy va texnik nazorat tizimlarini ham qamrab oladi.

Shavkat Yaxshiqulov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining viloyat sho‘basi yetakchi inspektori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun