Alplar koʻpkarida sinaldi

Date:

Milliy sport oʻyinlari xalqni birdamlikka chorlash bilan birga alp oʻgʻlonlarimizni mard va jasur, chapdast qilib tayyorlashga xizmat qiladi. Bugun ham xalq oʻyinlarini ommalashtirishga keng eʼtibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Termiz tumanida joylashgan “Qorabayir otlari mahorat maktabi” hududida sport tadbiri o‘tkazildi.

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tashkil etilgan musobaqa Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Qorabayir otlari mahorat maktabi hamda Chavandozlar maktabi hamkorligida o‘tkazildi.

Ot sportining an’anaviy “Jamoaviy uloq ko‘pkari” turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda jamoalar shiddatli kurash olib borishdi. Natijada, Qorabayir otlari mahorat maktabi jamoasi uloqni birinchi boʻlib olib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Musobaqa yurtimizda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ot sporti turlarini keng ommalashtirish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ipak yo‘lida uyg‘onish”: Surxon jozibasi namoyon

Bugun turizm sohasi nafaqat iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri,...

To‘palangdan Termizga suv keldi

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining hayot sifati va turmush farovonligini...

Halollik — tanlov emas, majburiyat

Korrupsiya ta’lim sohasiga kirib kelganida, u nafaqat moddiy zarar...

Tarixiy ildizlarda yangi hayot nafasi

Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, asrlar davomida turli sivilizatsiyalar...
KunTun
KunTun