Tadbirkorlar eʼtibor va gʻamxoʻrlik ostida

Date:

Sho‘rchi tumanidagi “Asl diyor” savdo kompleksidagi holatdan xabaringiz bor. Savdo kompleksida yongʻin chiqib, koʻplab tadbirkorlar talafot koʻrgandi. Qisqa muddatda hodisa oqibatlarini bartaraf etish va obyektni qayta rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi.

Viloyat hokimi, fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimov hududda amalga oshirilayotgan tozalash va qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Belgilangan topshiriqlar asosida qayta qurish va moslashtirish jarayonida savdo kompleksi hamda hududdagi bozorni yong‘in xavfsizligi va texnik me’yorlar talablariga to‘liq javob beradigan holatga keltirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, viloyat rahbari savdo kompleksida faoliyat yuritgan tadbirkorlar bilan uchrashib, qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga qadar ularni vaqtinchalik boshqa joyga ko‘chirish, faoliyatini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatish, ehtiyoji borlarga esa kreditlar ajratish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Oldingi sahifaTuhfasi quvontirdi
Keyingi sahifaOgoh va shay

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun