Subsidiya o‘rniga foizsiz qarz

Date:

2025-yildan boshlab aholi bandligini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Ularning o‘rnini foizsiz qarzlar — ssudalar egallaydi. Bu o‘zgarish mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish hamda ularning belgilangan muddatda qaytarilishini ta’minlash uchun joriy etilmoqda. Shu yo‘l bilan davlat mablag‘laridan foydalanishda mas’uliyat oshishi kutilmoqda.

Joriy yilda 6 turdagi subsidiya aynan foizsiz ssuda shaklida beriladi. Mablag‘lar faqat belgilangan maqsad uchun yo‘naltiriladi va shartnoma asosida belgilangan vaqtda qaytariladi. Mazkur tartib subsidiyalardan suiiste’mol qilish holatlarini kamaytiradi hamda davlat mablag‘larining aylanmada samarali foydalanilishini ta’minlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ezgulik va hamjihatlik ayyomi

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki kayfiyat va shukronalik...

Ramazon hayiti: shukronalik va birlik ifodasi

Boysun tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki ruh, samimiylik va...

Surxondaryoda hayit namozi oʻqildi

Surxondaryo viloyatida muborak Ramazon hayiti yuksak ruh, shukronalik va...

Munosiblar e’tirof etildi

Surxondaryo viloyatida davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning...
KunTun
KunTun