Terimga oz qoldi

Date:

Surxondaryo viloyatidagi issiq iqlim sharoiti qishloq xo‘jaligi ekinlarining boshqa hududlarga nisbatan ertaroq hosilga kirishini ta’minlaydi. Ayni paytda paxta hosilini yig‘ib olishga puxta hozirlik ko‘rilayotir.

Yig‘im-terim mavsumini samarali tashkil etish maqsadida Qiziriq tumanidagi “GTG AGRO” MCHJ paxta-to‘qimachilik klasteriga qarashli paxtani qayta ishlash korxonasi hududida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mavsumga tayyorgarlik ishlari, terim otryadlarini shakllantirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishga tayyor holatga keltirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Seminar doirasida dalalarda terimchilar uchun zarur sharoitlar yaratish, hosildorlikni oshirish tadbirlarini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish vazifalari belgilandi. Shuningdek, Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy FM WORLD 4MZ-4 rusumli paxta terish mashinalari taqdimot qilindi. Ta’kidlanishicha, klaster va fermer xo‘jaliklari tomonidan jami 60 dona ana shu rusumdagi texnikalar xarid qilingan bo‘lib, ular joriy mavsumda terim jarayonlarining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Seminardan so‘ng, viloyat hokimi Komilov Burxon oilaviy pudratchi yer maydonida xorijiy navdan yetishtirilgan paxta hosili holati bilan tanishdi. Shu bilan birga, tumandagi og‘ir toifaga kiruvchi “Takiya” mahallasining infratuzilma holati o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun