Tizimning 34 yilligi tantanali nishonlandi

Date:

Surxondaryo viloyat davlat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi tashkil topganining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda viloyat rahbari barcha soliq tizimi xodimlarini – Soliq organlari bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularning mas’uliyatli va fidokorona mehnati uchun minnatdorlik izhor qildi hamda kelgusidagi faoliyatlarida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan, ko‘p yillik namunali xizmat faoliyati bilan boshqalarga namuna  bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar viloyat hokimligining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ushbu muhim sanani nishonlash bilan birga, soha vakillariga yanada ulkan yutuqlar, samarali mehnat va yangi marralarni zabt etishni tilaymiz.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun