Talablar o‘zgarsa…

Date:

Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar hamda nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar haqida “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risida”gi kodeksining 44- va 45-moddalarida tushuntirishlar berilgan. Jumladan, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular arizachining barcha huquqlaridan foydalanadilar va uning barcha majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi. Shuningdek, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar, agar ish ushbu shaxslarning taraflardan biriga nisbatan huquqlari yoki majburiyatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, arizachi yoxud javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular tarafning iltimosnomasi bilan yoki sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar tarafning protsessual huquqlaridan foydalanadi va uning protsessual majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan arz qilingan talabning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, talabdan voz kechish, arz qilingan talabni tan olish yoxud kelishuv bitimi tuzish, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish huquqi mustasno.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxsni ishda ishtirok etishga jalb qilish haqida yoki uni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.

S.Xalmatov,
Sudya katta yordamchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun