“Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi PF-16-sonli “O‘zbekiston—2030” strategiyasining “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan davlat dasturiga oid chora-tadbirlarining hududiy partiya tashkilotlari tomonidan joriy yilning olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti bo’yicha Kasaba uyushmasining majlislar zalida O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat partiya tashkilotining navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Zoom plarformasiga ulangan holda O’zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo’mitasi raisi Abdushukur Xamzayev hamda markaziy apparat xodimlari, shuningdek, yigʻilishda joyidan viloyat partiya tashkiloti Kengashi a’zolari, tuman (shahar) partiya tashkilotlari raislari hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlariga O’zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputatlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan mazkur yig‘ilishda tuman (shahar) partiya tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, a’zolar safini kengaytirish, targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va joylardagi ekologik muammolarga qarshi kurashish borasida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan tuman (shahar) partiya tashkilotlari raislari ogohlantirildi.
Yig’ilishda islohotlar natijadorligi, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar va aholini o‘ylantirayotgan muammolarga yechim topish masalalarida partiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida fikr yuritildi. Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar hisoboti hamda ikkinchi yarim yillik ish rejasi taqdimot qilindi. O‘zaro hamkorlikdagi deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun