Massivda nima gap?

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qurilish sohasidagi o‘rganish ishlarini Termiz tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida davom ettirdi. Massiv hududida Termiz pedagogika institutining 1 500 o‘rinli o‘quv binosida jihozlash ishlari, yashil hududlar yaratish, ekilgan daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, sanoat zonasi, Amfiteatr, davlat bayrog‘i o‘rnatiladigan maydon, muzey, ko‘p qavatli turar joylar va boshqa ijtimoiy soha obyektlari qurilishi holati o‘rganildi.

Mutasaddilar loyihalar ijrosi va qurilish jarayonlari haqida axborot berdi. Har bir loyihani sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, infratuzilma hamda kommunikatsiya tarmoqlari bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha vazifalar topshirildi. Shuningdek, tumandagi 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish ishlari bilan tanishildi. Pudratchining hisoboti tinglanib, ishlarni qisqa muddatda va sifatli yakunlash topshiriqlari berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun