Yurtimizda eng aziz va ulug‘ bayram — mustaqilligimizning 34 yilligiga tayyorgarlik ishlari avjida. Termiz tumanidagi barcha mahallalarda ham “yettilik” tomonidan ommaviy hashar tashkil etildi.
Erta tongdan nuroniylar va ko‘cha boshilari barchani ushbu xayrli ishga chorlab, xonadonlar va ko‘chalarni tozalash, obodonlashtirish ishlarini boshlab yubordilar.
Hashar har hafta shanba kunlari o‘tkazilib, mahallalardagi xonadonlar, ko‘chalar hamda ijtimoiy soha obyektlarini obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.