Vaqti mazmunli o‘tmoqda

Date:

Inson sevimli mashg‘uloti bilan band bo‘lsagina, vaqti mazmunli o‘tadi. Ayniqsa, bu mashg‘ulot san’at bilan bog‘liq bo‘lsa, kishiga estetik ruh bag‘ishlaydi. Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, yoshlarda san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida rassomchilik to‘garagi tashkil etilgan.

Mazkur to‘garak doirasida talabalar tasviriy san’atning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishib, o‘z ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Mashg‘ulotlarda rassomchilik mahoratini oshirish, chizmachilik va rangtasvir bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash, milliy va jahon san’ati namunalarini o‘rganish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun