Rivojlanish rejasi puxta

Date:

Termiz shahrida “Mahallani rivojlantirish rejasini ishlab chiqish bosqichlari” mavzusida amaliy-o‘quv treningi bo‘lib o‘tdi. Tadbir BMT Taraqqiyot Dasturi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida, Islom taraqqiyot banki ko‘magida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida tashkil etildi. Ushbu loyiha 2024-2028-yillar mobaynida Surxondaryo viloyatining 5 ta tumanidagi 60 ta mahallada bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Treningda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, mahallani rivojlantirish rejalarini (MRR) tuzish jarayonidagi 11 ta asosiy bosqich bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, ishtirokchilar fasilitatsiya tushunchasi, fasilitatorning mahalladagi faoliyati va jamoaviy qaror qabul qilishdagi roli haqida ham nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi. Mazkur trening mahalliy hamjamiyat, ayniqsa, ayollar va yoshlarning qaror qabul qilish jarayonlaridagi faol ishtiroki va fikrini mustahkamlash, shuningdek, joylarda barqaror va uzoq muddatli infratuzilmaviy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun