487 nafar xotin-qiz sertifikatli bo‘ldi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PQ-103-son qarori ijrosi doirasida Uzun tumanida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi bilan hamkorlikda “Sayxunobod” tajribasi asosida tumanda issiqxona, tikuvchilik va bog‘dorchilik yo‘nalishlarida o‘quv kurslari tashkil etildi. Ushbu loyihalar doirasida jami 487 nafar xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitilib, ularga maxsus sertifikatlar topshirildi. Mazkur tashabbus ayollar bandligini ta’minlash va ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun