“Bir kamar — bir yo‘l

Date:

Xitoyning Sinszyan-Uyg‘ur avtonom viloyatidagi Shixeszi shahrida “International Smart Agricultural Equipment Development – ISAED – 2025” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusi doirasida tashkil etilgan anjuman global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, agrar sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va mamlakatlar o‘rtasidagi agroindustrial hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlandi.
Dunyoning yetakchi olimlari, muhandislari, ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari safida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori, professor Rasul To‘rayev ham qatnashib, ma’ruza qildi. Ma’ruzada agroiqtisodiy salohiyat, mahalliy ishlab chiqarish manfaatlariga mos ta’lim tizimini shakllantirish, dual ta’lim modellarini amaliyotga tatbiq etish va xalqaro tajribalarni lokallashtirish borasida muhim takliflar ilgari surildi. Shuningdek, qator kelishuvlarga ham erishildi.
— Ushbu nufuzli anjumandagi ishtirokimiz nafaqat tajriba almashish, balki zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etishda ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi, — deydi professor Rasul To‘rayev. — Safar doirasida Shixeszi universiteti va qishloq xo‘jaligi uskunalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalar bilan amaliy muzokaralar o‘tkazdik. Unda oliy malakali muhandis kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish hamda innovatsion startaplar uchun hamkorlik sharoitlarini yaratish bo‘yicha kelishuvlarga erishdik.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun